02
Sud nizolari va arbitraj
Nizo — har doim ham sud zali degani emas. Avvalo biz vaziyatni xolis baholaymiz: yutuq ehtimoli qancha, qancha vaqt va xarajat talab etiladi, sulh varianti bormi. Mijoz to'liq manzarani ko'rgachgina strategiya tanlaymiz.
Agar ish sudga borsa, har bir bosqichni — da'vo arizasidan tortib ijro ishigacha — o'z zimmamizga olamiz. Jamoamiz fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy ishlarda yigirma yilga yaqin tajribaga ega; biz dalillarni sinchiklab tayyorlaymiz va jarayonda kutilmagan holatlarga oldindan hozirlik ko'ramiz.
Pul undirish, shartnoma buzilishi, ulushdorlar nizosi, yetkazib berish kechikishi — bular biz har kuni ishlaydigan ishlar. Xalqaro elementli nizolarda arbitraj va chet el qarorlarini O'zbekistonda ijro etish masalalarida ham yordam beramiz.
Nimalar bilan yordam beramiz
- Sudgacha nizolarni hal qilish va muzokaralar
- Iqtisodiy sudlarda vakillik
- Fuqarolik ishlari: qarz, shartnoma, mulk nizolari
- Ma'muriy organlar qarorlari ustidan shikoyat
- Arbitraj (hakamlik sudlari)da vakillik
- Sud qarorlarini ijro etishda hamrohlik
- Qarzdorlik bilan ishlash va undirish
Masalangizni muhokama qilaylik
Dastlabki suhbat bepul. Vaziyatingizni tinglaymiz va qanday yordam bera olishimizni ochiq aytamiz.